Agentlik tizimidagi Departament mutaxassislari mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan ishlab chiqarish korxonalarda bo‘lib, sohaga oid uchrayotgan muammolar va murojaatlar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatmoqdalar.
Mutaxassislar mamlakatimizdagi 169 ta korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularda ishlab chiqarilayotgan 300 turdagi mahsulotlarning standart talablari tahlil qilindi.
Mazkur jarayonda 39 ta korxonalarda mahsulot sifatini oshirishda 98 ta standart va texnik reglamentlar joriy etilishi va 27 ta korxonada esa 52 ta me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanishiga erishildi.