Standartlar institutida Germaniyaning ALPHA Consulting GmbH tashkiloti bilan hamkorlikda Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida "Mashinasozlik sohasida standartlashtirish, sifat va xavfsizlikni ta’minlash" ixtisosligi mavzucida xalqaro o‘quv kursi tashkillashtirildi.
Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida o‘tgan mazkur xalqaro o‘quv kursida "O‘zstandart" agentligi tizimidagi tashkilotlardan hamda respublikamzdagi boshqa turli korxona va muassasalardan mutaxassislar ishtirok etishdi.
O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.