Dunyoning 39 ta davlatlaridan 100 tadan ortiq mutaxassislari ishtirok etgan Milliy standartlashtirish tashkilotlarining xalqaro tadbirida SMIIC 2016-2020 rivojlanish strategiyasi, Halol muvofiqlik tizimi va xizmatlari, standartlashtirish sohasidagi rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlovchi muhim masalalari, iqtisodiyotning yuqori texnologik doiralarida standartlashtirishni rivojlantirish, standartlashtirishda davlat ishtiroki, davlatlararo hamkorlik, standartlashtirish sohasida IT-texnologiyalarining zamonaviy vosita sifatida qo‘llanishiga oid masalalar o‘zaro muhokama qilindi.
Tadbir doirasida “O‘zstandart” agentligi va Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Indonezia, Tailand, Misr standartlashtirish idoralari o‘rtasida strategik va ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvlari tashkil etildi.