Muvofiqlikni baholash va akkreditatsiya sohasida Koreya Respublikasi bilan xamkorlikni yanada kengaytirish va mamlakatlar o‘rtasida texnik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida “Akkreditatsiya markazi” DUK bilan Koreya akkreditatsiya kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha Anglashuv Memorandumi joriy yilning 27 oktyabr kuni Germaniyaning Frankurt-na-Mayn shahrida imzolandi.
Anglashuv memorandumida quyidagi hamkorlik yo‘nalishlari ko‘zda tutilgan:
xalqaro standartlar talablariga asosan muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish orqali, muvofiqlikni baholash natijalarini o‘zaro tan olinishiga sharoit yaratish;
tashkil qilanadigan akkreditatsiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi professional malaka oshirish tadbirlarining yillik rejasi asosida xamkorlik qilish;
muvofiqlik baholash jarayonida baholovchilar va texnik ekspertlar almashinuvi borasida hamkorlik qilish.