“O‘zstandart” agentligida "LG Electronics Overseas Trading FZE" kompaniyasining O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston vakolatxonasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda "LG Electronics Overseas Trading FZE" kompaniyasi vakillari tomonidan ishlab chiqarishni sertifikatlash tartibi, mahsulot uchun extiyot qismlarga muvofiqlik sertifikatlarini qo‘llash tartibi, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeAES) sertifikatlarini tan olish, sertifikatlashtirish ishlarni oldindan amalga oshirish imkoniyatlari, nomenklaturaning to‘liq ro‘yxatini va dastlabki sertifikatni taqdim etish, mahsulot partiyasini sertifikatlash muddatlari mavzusiga oid berilgan savollariga “O‘zstandart” agentligi mutaxasislari tomonidan tushintirishlar berildi.
Suhbat chog‘ida standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, ichki bozorni sifatsiz maxsulotlardan ximoya qilish, elektrtexnika mahsulotlari sinovlari bo‘yicha salohiyatli mutaxassislar tayyorlash, xorijiy tajriba oshirish yuzasidan xamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv so‘ngida “O‘zstandart” agentligi vakillari tomonidan "LG Electronics Overseas Trading FZE" kompaniyasi vakillariga elektrtexnika mahsulotlari qo‘shma sinov laboratoriyasini tashkil etish yuzasidan investitsiya loyixasi taqdim etildi.