Mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish, eksport faoliyatining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini takomillashtirish, shuningdek, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishning kompleks tizimini o‘rganish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi ko‘magida joriy yilning 7-12 oktyabr kunlari Latviya davlatida “GLOBAL GAP” standarti talablari asosida meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, ushbu turdagi mahsulotlarni Yevropa davlatlariga eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro biznes kooperatsiyasini rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlariga xalqaro standartlar va sertifikatlashtirishga bo‘lgan zamonaviy talablarni o‘rnatish, mutaxasislar tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va seminar-treninglar tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xuzuridagi eksportni rag‘batlantirish agentligi, “O‘zstandart” agentligi, Toshkent davlat agrar universiteti, Bek Klaster va Jondor Qurilish Invest fermer xo‘jaligi vakillari ishtirok etmoqda.