“O‘zstandart” agentligi faoliyatida hozirgi kungacha jami 40 ta texnik reglamentlar qabul qilingan bo‘lib, ulardan 31 tasi umumiy va 9 tasi esa maxsus texnik regalmentlar hisoblanadi.
O‘tgan yillar davomida texnik reglamentlarni qabul qilish ko‘rsatgichlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, 2010-2016 yillarda 17 ta texnik reglamentlar qabul qilingan bo‘lib, ulardan 10 tasi umumiy va 7 tasi maxsus texnik reglamentlarni tashkil etgan.
2017 yildan shu kungacha 23 ta texnik reglamentlar qabul qilingan bo‘lsa, shundan 21 ta umumiy va 2 ta maxsus texnik reglamentlar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-son Qarori asosida tasdiqlangan «2019-2021 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturi”ga asosan, jami 42 ta texnik reglamentlarni ishlab chiqish belgilangan bo‘lib, ularning 29 ta umumiy va 13 tasi esa maxsus texnik reglamentlar tashkil qiladi.