O‘zbekistonni modernizatsiyalash, texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri standartlashtirish sohasi bo‘lsa, bugungi kunda o‘zining 50 yillik yubileyini nishonlayotgan Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti (Standartlar instituti) ana shu jarayonlarning faol ishtirokchilaridan biri sanaladi.

 

Standartlar institutida ushbu tantana munosabati bilan katta bayram tashkil etildi. Tadbirda institutda ko‘p yillar faoliyat yuritgan faxriy mehmonlar hamda hamkorlikda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.