Poytaxtimizning “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” va Osiyo-tinch okeani akkreditatsiya hamkorligi (Asia Pacific Accreditation Cooperation (APAC)) bilan birgalikda ISO/IEC 17011 xalqaro standarti asosida “Akkreditatsiya idoralariga bo‘lgan talablar va xavflarni boshqarish” mavzusida mintaqaviy seminar – treyning ish boshladi.
Osiyo-tinch okeani akkreditatsiya hamkorligi mintaqaning 46 davlatdagi 73 ta akkreditatsiya idorasini o‘zida qamragan va a’zolari soni jihatidan yirik mintaqaviy tashkilot.
Tashkilot unga a’zo hisoblangan idoralar tomonidan akkreditatsiya qilingan 50 422 ta laboratoriya va 3 201 ta sertifikatlashtirish idoralari tarmog‘ini tashkil etadi.
Tashkilot doirasida Ko‘p tomonlama o‘zaro natijalarini tan olish Bitimi – “APAC Mutual Recognition Arrangement” amal qiladi. Mazkur Bitim akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar sinovi natijalari va sertifikatlashtirish idoralari tomonidan rasmiylashtiriladigan muvofiqlikni baholash natijalarini o‘zaro tan olishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston akkreditatsiya markazi mezbonlik qilayotgan mazkur seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekistonning sohadagi mahsus vakolatli idorasi sifatida Ko‘p tomonlama o‘zaro natijalarini tan olish Bitimiga qo‘shilishi masalasini ilgari surish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xalqaro bozorga chiqishdagi texnikaviy to‘siqlarni barataf qilish va eksport salohiyatini oshirishga imkoniyat yaratishdan iborat