“O‘zstandart” agentligida ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Unda jurnalistlarga O‘zbekistonning yangi standartlari, xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashgani yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv ishtirokchilari dastlab me’yoriy hujjatlar, standartlar fondi bilan tanishdilar. Shundan so‘ng OAV xodimlari respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi oziq-ovqat, elektrotexnika va bolalar o‘yinchoqlari laboratoriyalarida bo‘lib, mahsulotlar sifatiga quyilayotgan yangi talab va sinov usullari bilan tanishdilar.

 

“Ochiq eshiklar” kuni yakunida ishtirokchilar O‘zbekiston milliy metrologiya instituti qoshidagi bir qancha zamonaviy laboratoriyalarda bo‘lib, o‘lchov vositalarining qiyoslovlariga ham guvoh bo‘ldilar.