Respublika qurilish ob’ektlarida foydalanilayotgan sement mahsulotlarinining sifati va xavfsizligini o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish natijasida qurilish ob’ektlaridan 10 turdagi sement mahsulotlaridan namunalar olinib, akkreditlangan sinov laboratoriyasida standart talablari asosida 28 kunlik sinovlar o‘tkazildi. Standart talablariga asosan sement mahsulotlarini markasini aniqlash uchun 28 kunlik sinovlarni o‘tkazish talab etiladi va sementni sifati va xavfsizligini aniqlashda asosiy ko‘rsatkichlardan biri xisoblanadi.
Sinov natijasida 3 turdagi sement mahsulotlari “Predel prochnosti pri sjatii” (Bosimda og‘irlikka chidamliligi) ko‘rsatkichlari bo‘yicha standart talablariga muvofiq kelmadi. Standart talablari bo‘yicha 3, 7, 28 kun o‘tkazilgan sinovlarda ko‘rsatkichlar kuzatildi (amalda 500 markalik sement mahsuloti 255 markaga to‘g‘ri kelmoqda).
O‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan sement mahsulotlari sinovini to‘liq o‘tkazish uchun “O‘zstandart” agentligi tomonidan yagona sinov dasturi tasdiqlandi hamda monitoring qiluvchi idora tomonidan ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar yuborildi.