Xalqimizda dunyoning boshqa xalqlari o‘rganadigan, havas qilsa arziydigan qadryatlari, urf-odatlari talaygina.

Shulardan biri - bu hashar. Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko‘ra tozalik, ozodalik, ko‘cha-xiyobonlarni obod qilish, daraxtlarga ishlov berish kabi ishlar bajariladi.

Mustaqilligimizning 25 yilligini munosib kutib olish va uni tantanali nishollash maqsadida, “O‘zstandart” agentligida xayriya hashari tashkil etildi. Mazkur xayriya ishida agentlikning ichki va tashqi ko‘chalari tozalanib, daraxtlarga ishlov berildi.

Chiqindilar olib tashlandi. E’tiborli tomoni shundaki, xayriya hashari xalqimizning asl milliy qadryatlari ekanligi, unda barchaning faol ishtiroki muhimligi yoshlarga ustozlar tomonidan yana bir bor ta’kidlandi.


Axborot xizmati