Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakat axolisini sifatsiz import mahsulotlardan ximoya qilish xar bir mamlakatning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy vazifasi xisoblanadi. Yevropa davlatlari o‘z ichki bozorlarini sifatsiz va xavfli import maxsulotlardan ximoya qilishni 1979 yildan tizimli ravishda yo‘lga qo‘ygan.
Yevropada 1979 yildan boshlab, axolini xavfli oziq-ovqat va ozuqa maxsulotlaridan ximoya qilish uchun Tezkor ogohlantirish tizimi (RASFF) tashkil etildi.
RASFF tizimi 2002 yil 28 yanvardan boshlab, Yevropa parlamenti
va Kengashining 178/2002 reglamenti 50-moddasiga muvofiq tasdiqlandi. Ushbu reglament oziq-ovqat to‘g‘risidagi qonun va oziq-ovqat xavfsizligi tartib-qoidalarining umumiy prinsiplari va talablarini belgilaydi.
RASFF tizimiga a’zo barcha davlatlarda aloqa punktlari tashkil etilgan, ular o‘rtasida xavfli oziq-ovqat yoki ozuqa maxsulotlari to‘g‘risida ma’lumotlar almashiladi. Inson salomatligiga jiddiy xavf soluvchi oziq-ovqat yoki ozuqa maxsuloti aniqlangan taqdirda, u RASFF tizimi orqali darhol Yevropa Komissiyasini xabardor qilishi kerak. Komissiya barcha kiruvchi xabarlarni baholaydi va ularni RASFF tizimiga a’zo davlatlarga bildirishnomalar bo‘yicha choralar ko‘rish va qabul qilingan choralar to‘g‘risida darhol xabardor qilish uchun yuboradi. YeIning quyidagi rasmiy sayti orqali RASFF tizimining 2018 yildagi xisoboti (ingliz tilida) xavola etildi.
https://ec.europa.eu/food/sites/food/files/safety/docs/rasff_annual_report_2018.pdf
Shu bilan birga, Yevropa ichki bozorlarini sifatsiz va xavfli iste’mol tovarlaridan ximoya qilish maqsadida Tezkor axborot almashish (RAPEX) tizimini joriy qilingan. RAPEX tizimi Yevropa Ittifoqi davlatlarida 2005 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan. Ushbu tizim Yevropa parlamenti va Kengashining 2001/95/EC reglamenti talablari asosida ish olib boradi.
So‘ngi yillarda Yevropada RAPEX tizimi orqali import xisoblangan 28% bolalar o‘yinchoqlari, 23% kiyim-kechak, to‘qimachilik va bezaklar, 9% elektr jihozlari, 8% avtomobillar, 3% bolalar uchun buyumlar, 3% yoritish moslamalari sifatsizligi va 7% esa umuman markirovkaga ega emasligi aniqlangan.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, Yevropa Ittifoqida import qilinmoqchi bo‘lgan maxsulotlar sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘liq sinovlardan o‘tkaziladi, shundan so‘ng is’temol va foydalanish uchun kiritiladi. Yevropa Ittifoqi (YeI)ning quyidagi rasmiy sayti orqali YeIning xar bir davlat bo‘yicha 2018 yildagi RAPEX tizimining orqali aniqlangan ma’lumotlar (ingliz tilida) xavola etildi.