23-24 sentyabr kunlari Pragada qo‘shma O‘zbekiston-Chexiya iqtisodiy, sanoat va ilmiy texnik hamkorligi bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining sakkizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida “O‘zstandart” agentligi va Chexiya Respublikasining Texnik jihatdan standartlashtirish, metrologiya va davlat sinovlari boshqarmasi tomonidan 2019-2020 yillar uchun Hamkorlik dasturi imzolandi.
Shuningdek muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida idoralararo hamkorlikni rivojlantirish jihatlari muhokama qilindi.
Ishchi uchrashuvlar yakuniga ko‘ra erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimizning idoralari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish yordam beradi.