Unda yangi va quritilgan meva va sabzavotlarni yetishtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqasi an’anaviy bozorlarni diversifikatsiya qilish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yangi bozorlarini qidirish bilan bog‘liq murakkab muammolarni hal qilish ko‘zda tutilgan.
Bunday jarayonda asosiy o‘rin xalqaro standartlarni tan olish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning talablariga mos kelishiga yo‘naltirilgan.
Xalqaro standartlar qatorida Yevropa, AQSh va Osiyoda tan olingan jahon bozorlari tomonidan talab qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining marketing va savdo nazorati bilan bog‘liq bo‘lgan BMT EIK standartlari alohida o‘rin egallaydi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro standartlashtirish jarayonlarida faol ishtirok eta boshladilar. Biznes-hamjamiyat tashabbusi bilan standartlashtirish idoralari va xalqaro tashkilotlarning ko‘magida Markaziy Osiyoda ishchi guruh tuzildi, uning doirasida raqobatbardoshlikni ta’minlash va meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish uchun BMT EIK sifat standartlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq ko‘plab masalalarni muvofiqlashtirish va bu yo‘nalishda o‘z yechimini topish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Markaziy Osiyo ishchi guruhining faoliyati BMT EIK qishloq xo‘jaligi standartlari bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan tan olingan.
Uchrashuv ishtirokchilari bajarilgan ishlarning natijalarini sarhisob qilib, yangi va quritilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha bir qator tushuntirish materiallari bilan tanishib, ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar orasida UNECE standartlari sohasidagi bilimlarni oshirish bo‘yicha strategiya va qo‘shma harakatlar rejalarini ishlab chiqdilar.
Shuningdek, Markaziy Osiyodan milliy va mintaqaviy mahsulotlarni “Geografik ko‘rsatkichlar” orqali birgalikda targ‘ib qilish masalalari ham muhokama qilindi.