Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshida ekspress-metodlarda sinovlarni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro talablarga mos bo‘lgan zamonaviy sinov majmuasi foydalanishga topshirildi.

 

Ushbu zamonaviy sinov majmuasi joriy yilning 1 noyabridan boshlab, maishiy elektr, gaz va suv hisoblagichlar va boshqa o‘lchash vositalarni qiyoslashda Davlat xizmatlari agentligining bo‘linmalari bilan hamkorlikda o‘z ishini davom ettiradi.

 

Shuningdek, majmuada maxsus sertifikatlarga ega bo‘lgan 18 nafar mutaxassislar Geometriya o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash, Fizik-kimyo o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash va Hajm o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash yo‘nalishlari bo‘yicha ish faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.

Majmuaning ochilish kunida hududiy jurnalistlar jalb qilgan holda media-tur tashkil etildi va sinov jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.