Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi bilan Xitoyning “China certification & inspection group” TOO “CCIC Almaty” kompaniyasi bilan muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumga muvofiq, muvofiqlikni baholash, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish, inspeksiya nazorati o‘tkazish, tovarlarni ekspertiza qilish hamda mahsulotlarni xalqaro standartlar asosida sinovdan o‘tkazish sohasida hamkorlik rivojlanadi.
Buning natijasida, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, muvofiqlik sertifikatlari hamda sinov bayonnomalari xalqaro darajada tan olinishiga erishiladi va mahsulotlarimiz uchun jahon bozoriga yo‘l ochiladi.