Joriy yilning 14 sentyabr kuni “O‘zstandart“ agentligida aholi va tadbirkorlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 698-sonli qarorining ijrosini sifatli va o‘z vaqtida ta’minlash hamda qarorda belgilangan vazifalarni joylarda tizimli tashkil etishni ta’minlash maqsadida seminar-treyning tashkil etildi.
Tadbirda mazkur qaror bilan yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish jarayonida sansalorlik, byurokratik to‘siqlar va rasmiyatchilik holatlarining oldini olish, shuningdek aholiga qulayliklar yaratilishi belgilanganligi yoritib berildi.
Shuningdek tadbirda, bugungi kunda respublikamizda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida Muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ-4419-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 apreldagi 348-sonli “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda metrologiya sohasini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 28 maydagi “2019-2023 yillar davri uchun O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish Konsepsiyasi” 440-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish shu bilan birga qarorlarga asosan tasdiqlangan nazorat rejalari ijro holati tahlil qilindi hamda metrologiya sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.