“O‘zstandart” agentligi matbuot xizmatining tashabbusi bilan tizimli tashkil etib kelinayotgan navbatdagi Media-tur Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Saxovot” parrandachilik fermasida tashkil etildi.

 

Unda OAV vakillari xalqimiz dasturxoniga tovuq va tovuq mahsulotlarini yetkazish jarayonlari hamda mahsulot sifatini ta’minlashda “O‘zstandart” agentligining ishtiroki xususida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

 

Kompaniyaning tashkil etilganiga unchalik ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsada bu yerda tovuq mahsulotlarini ishlab chiqarishda va iste’molchilarga yetkazib berishda xalqaro sifat tizimlari joriy etilgan.

Mazkur korxonada parrandalarni saqlash va oziqlantirish uchun yetarli sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ozuqalarning sifati muvofiqlikni ta’minlash me’yorlariga to‘la javob beradi.

 

Shuningdek, jo‘jalarni parvarish qilish avtomatik ravishda amalga oshiriladi, hamda yorug‘lik rejimi va broyler tovuqlarini oziqlantirish ROSS-308 standartiga muvofiq amalga oshiriladi.