”O‘zstandart” agentligida I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish kafedrasining professor o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy izlanishlar va tajribalarni zamonaviy qiyoslash laboratoriyalarida olib borish kabi dolzarb mavzular yuzasidan fikrlar almashinildi.
Shu bilan bir qatorda, innovatsion yondashuvlar va ilmiy-texnik kooperatsiya asosida xalqaro tashkilotlarning ilm-fan va texnika yutuqlarini o‘rgangan holda hamkorlik mexanizmlarini yaratish takliflari bildirildi.