Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Xitoy davlatiga eksport qilishda tadbirkorlarga yordam berish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Standartlashtirish Аdministratsiyasi (SAC) bilan ikki tomonlama xamkorlik ishlari yo’lga qo’yildi.
Standartlashtirish Аdministratsiyasi tomonidan “O’zstandart” agentligiga xitoy milliy standartlari kataloglari taqdim etildi.
O’zbekistonda ishlab chiqarilgan va Xitoyga davlatiga eksport qilinishi mumkin bo’lgan maxsulotlarga majburiy talablarni belgilovchi standartlarni olish imkoniyati yaratilmoqda. Kelgusida tegishli bo’lgan Xitoy milliy standartlari maxalliy ishlab chiqaruvchilarga yetkazib beriladi.