Ma’lumki so‘nggi yillarda Respublikamizda tadbirkorlik va kichik biznes sohasini rivojlantirish va ular tomonidan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorlarimizda, balki jahonning rivojlangan davlatlarining bozorlarida munosib o‘rinni egallamoqda.
Joylarda tadbirkorlarimizga yaqindan ko‘maklashish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlariga standart talablari, sertifikatlashtirish, metrologiya yo‘nalishlarida yanada ko‘proq ma’lumotlarni berish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 16 avgust kuni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot kotibi A. Rasulov, va Metrologiya xizmatlar ko‘rsatish markazi Davlat korxonasi direktorining o‘rinbosari A. Daminovlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda Namangan Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i A. Ubaydullayev, Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori B. Boyboboyev hamda sohaning boshqa mutaxassislari qatnashdilar. Sayyor qabul jarayonida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib mahsulot ishlab chiqarayotgan yurtdoshlarimiz o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga yetarlicha javoblarni oldilar.