Turk standartlari institutining O’zbekistondagi vakolatxonasida ushbu institut Bosh vakili Xuseyin Seljuq Selimo’g’lu va Standartlar instituti rahbariyati o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda “O’zstandart” agentli tarkibidagi tashkilot va korxonalarda standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar va mutaxassislarning malakasini oshirishni sifatli tashkil etish masalalari ko’rib chiqildi.
Shuningdek, Standartlar instituti tomonidan tashkillashtirilayotgan o’quv kurslariga turkiyalik malakali ekspert-auditorlarni jalb etishning tashkiliy-huquqiy jihatlari muhokama qilindi.