Meva-sabzavot mahsulotlarini Xitoy Xalq Respublikasiga eksportiga keng yo‘l ochish, muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikning huquqiy shartnomalar bazasini yanada kengaytirish maqsadida joriy yilning 10 sentyabr kuni “O‘zstandart” agentligiga janob Li Gochjen raxbarligidagi Xitoy Xalq Respublikasining Sifat sertifikatlashtirish markazi (CQC), Sertifikatlashtirish va inspeksiya guruhi (CCIC) delegatsiya tashrif buyurdi.
Xitoy Xalq Respublikasining soxa yo‘nalishidagi tashkilotlari bilan maxsulot sifati va xavfsizlik ko‘rsatgichlarini aniqlashda qo‘shma sinov laboratoriyalarini tashkil etish, standartlashtirish, metrologiya xamda muvofiqlikni baxolash soxalarida yuksak salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan xamkorlikni yanada rivojlantirish va sifat jixatdan yangi bosqichga ko‘tarish uchun yakindan xalkaro xamkorlik alokalari o‘rnatishga erishilmoqda.
Uchrashuvda xalqaro standartlarga muvofiq qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat maxsulotlari sinovi bo‘yicha laboratoriyalar tashkil etish, xamkorlikda muvofiqlikni baxolash ishlarini amalga oshirish va uning natijasini xalqaro darajada tan olish, sifat milliy infrastrukturasini rivojlantirish, eksportyor korxonalar uchun Xitoy bozoriga kirishda konsalting xizmatlarini shakllantirish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha xamkorlik masalasi ko‘rib chiqildi.
Xitoy tomonga maxsulotlarni to‘liq sinovlarni olib borish bo‘yicha laboratoriya kompleksini tashkil etish yuzasidan investitsiya loyixalari taqdim etildi.
Xitoylik mexmonlarga Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi sinov laboratoriyalari ko‘rsatildi.
Uchrashuv so‘ngida Xitoy delegatsiya raxbari Li Gochjen o‘rnatilgan aloqalarni yanada mustahkamlash, Agentlik tizimini rivojlantirishda zarur ishlar olib borishga tayyor ekanligini bildirdi. Va o‘z navbatida Agentlik mutaxassislarini Xitoy davlatiga muvofiqlikni baxolash faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun taklif etdi.