Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamkorligida Fransiyaning “BUREAU VERITAS INTERNATIONAL S.A.S.” kompaniyasi o‘rtasida metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Muzokaralar davomida Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish va O‘zbekiston mahsulotlarini tashqi bozorlarga samarali targ‘ib qilish uchun “GLOBAL G.A.P”, “Organic”, “HACCP” va boshqa xalqaro standartlarni joriy etishning ahamiyati, yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifatini xalqaro darajada muvofiqligini baholash natijalarini tan olish kabi masalalar muhokama qilindi.