O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4059-sonli qarorining 2-ilovasidagi 2019-2021 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturiga muvofiq Qurilish vazirligi tomonidan "Asbest xavfsizligi to‘g‘risida"gi maxsus texnik reglament loyihasi ishlab chiqildi.
Taqdim etilgan loyiha bo‘yicha mavjud taklif va mulohazalar “O’zstandart” agentligining Texnik jihatdan tartibga solish boshqarmasiga yuborishingiz mumkin.
Aloqa uchun telefon: (71) 202-00-11 ichki (1022, 1024, 1037)
e-mail: tr@standart.uz; tr1@standart.uz.