Sayyor qabul davomida ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va maqsadi haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish sohalaridagi muammolar va ularning yechimi muhokama qilindi.
Suhbat so‘nggida “Chirchiq muzqaymoq fayz”, “Fito-Pharm Med”, “Noyob Parranda”, “UzTeX Group”, “ECO MINERAL”, “Carbon-polimer” kabi korxonalarining vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.