Joriy yilning 15-16 avgust kunlari "Bir oyna" bojxona axborot tizimining amaliyotga joriy etilishi munosabati bilan, tashkilot mutaxassislari tomonidan “O‘zstandart” agentligining tizim tarkibiga kiruvchi korxonalar xodimlari uchun amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 18 avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasida unifikatsiyalashtirilgan "Bir oyna" bojxona axborot tizimini joriy etish yo‘li bilan bojxona xizmatini modernizatsiya qilish" to‘g‘risidagi 2224-sonli Qarori asosida, Janubiy Koreyaning “KOICA” tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan "Bir oyna" bojxona axborot tizimi xozirgi kunda test rejimida ishlab kelmoqda.

Seminarda Koreyaning “CUPIA” va “NT Robotics” tashkilotlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar Kim Chan Yon, Li Djay Ok hamda hamda Li Natalya dasturdan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berishdi. 

Shuningdek, ushbu amaliy seminarda Respublika va hududiy markazlarning mas’ul xodimlari ishtirok etib "Bir oyna" bojxona axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish hamda ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha malaka oshirdilar. “KOICA” tashkiloti xodimlari tomonidan ishtirokchilarga bir qator tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Axborot xizmati