Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi, viloyat davlat soliq boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida meva-sabzovot mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning rahbarlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash borasidagi ishlar o‘z samarasini bermoqda.
Uchrashuvda Prezidentimizning 2017 yil 6 noyabrdagi “Meva-sabzovot mahsulotlari, uzum, poliz, dukakli ekinlar, shuningdek quritilgan sabzavotlar, mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3377-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 iyundagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4406-sonli qarorlarining qabul qilingani, ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyatlar yaratib berayotgani, hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini eksport qilishlarida ularga amaliy yordam ko‘rsatilayotgani aytib o‘tildi.
Seminarda korxona mas’ullari o‘zlarini qiziqtirgan ko‘pgina savollariga javob oldilar.