Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 5 avgustdagi topshirig‘i yuzasidan “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi, va viloyat davlat soliq boshqarmalari hamkorligida eksport qiluvchi korxonalar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar ishida yurtimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash borasidagi ishlar ijobiy samara berayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, ma’sul tashkilotlar mutaxassislari tomonidan eksportyor korxonalarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar, preferensiyalar va xalqaro Global G.A.P, Organik, Halal va ISO standartlarini joriy etish, hamda xalqaro namunadagi sertifikatlarni olish tartib-tamoyillari, bugungi kunda eksportyor korxonalarga davlat tomonidan berilayotgan amaldagi imtiyozlar, to‘g‘risida zaruriy tushunchalar va xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etishni tashkil etish yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminar savol-javoblar ruhida o‘tdi.