O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida, Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish, sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ-4419 sonli Qarorining ijrosi xususida ma’lumot berildi.
Uchrashuvda qarorga ko‘ra tizimda “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini 2020 yil 1 yanvardan “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasiga,– “UzTest” davlat korxonasiga aylantirilgani, xalqaro tashkilotlarning (ISO, IEC, UNECE, EN CODEX STAN) standartlari, talab va me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, elektrotexnika, yengil sanoat, mashinasozlik, qurilish, polimer va kimyo sanoati mahsulotlari hamda yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sinovlarini to‘liq amalga oshiradigan zamonaviy sinov va nazorat laboratoriyalaridan iborat “UzTest” davlat korxonasining Sinov va nazorat kompleksini tashkil etish va boshqa jihatlari haqida so‘z bordi.
Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga ham javob oldilar.