O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish, sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ-4419-sonli Qaroriga muvofiq, “O‘zstandart” agentligi qoshida, Toshkent shahrida xalqaro tashkilotlarning standartlari, talab va me’yorlariga muvofiq, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, elektrotexnika, yengil sanoat, mashinasozlik, qurilish, polimer va kimyo sanoati mahsulotlarining sinovlarini to‘liq amalga oshiradigan zamonaviy sinov va nazorat laboratoriyalaridan iborat “UzTest” davlat korxonasining sinov va nazorat kompleksi tashkil etilishi belgilangan.
“O‘zstandart” agentligi ushbu sinov va nazorat kompleksining Konsepsiyasini ishlab chiqish hamda loyihasini yaratish jarayonida laboratoriyalarni zamonaviy dizaynlar asosida xalqaro talablarga muvofiq tashkil etishda loyihalash-qurilish bo‘yicha takliflaringiz bilan ishtirok etishni taklif etadi.
Batafsil ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agentligi qoshidagi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasiga
78-150-63-53 telefon raqamlari (E-mail: rssm@uzstandart.uz) orqali murojaat etishingizni so‘raymiz.
Har bir bildirilgan takliflar biz uchun muhim bo‘lib, oldindan minnatdorchilik bildirib qolamiz.
Milliy sifat infratuzilmasini birgalikda yaratamiz!