Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan, Toshkent viloyatining Angren erkin iqtisodiy hududida joylashgan “RUNG TONG METAL INDUSTRIAL” chet el korxonasi tomonidan metall mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

 

Korxonaga ishlab chiqirishning boshidayoq ish jarayonini texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya talablariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida amaliy yordam ko‘rsatildi. Uchrashuv jarayonida korxona tomonidan tashkillashtirilayotgan sinov laboratoriyasiga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.