-Muvofiqlikni baholash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish, idoralararo va innovatsion sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish va mahalliy mahsulotlarni xalqaro standartlarga muvofiq baholash orqali savdodagi texnik to‘siqlarning oldi olinadi,
-“O‘zstandart” agentligining “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini 2020 yil 1 yanvardan “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasiga (keyingi o‘rinlarda – “UzTest” davlat korxonasi) aylantirish hamda uning muassisi etib Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti belgilanishi;
-Xalqaro tashkilotlarning (ISO, IEC, UNECE, EN CODEX STAN) standartlari, talab va me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, elektrotexnika, yengil sanoat, mashinasozlik, qurilish, polimer va kimyo sanoati mahsulotlari hamda yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sinovlarini to‘liq amalga oshiradigan zamonaviy sinov va nazorat laboratoriyalaridan iborat “UzTest” davlat korxonasining Sinov va nazorat kompleksi tashkil etiladi.