O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4059-son qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi "Metrologiya to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining yalpi yig‘ilishida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

 

Shu maqsadda Oliy Majlis qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy metrologiya institutida bo‘lib, bu yerdagi milliy etalonlar bazasining bugungi holati, institut laboratoriyalari faoliyati bilan tanishib, mazkur qonunning qabul qilinishi ishlab chiqarish jarayonlarida tadbiq etilishi yuzasidan o‘zlarining taklif va mulohazalar bildirdilar.

 

Shuningdek, deputatlar va soha mutaxassislari tomonidan qonun loyihasining ayrim normalari, jumladan, yangi ish o‘rinlari yaratishga, sifat infratuzilmasini xalqaro tamoyillar asosida rivojlantirishga, ko‘rsatilayotgan metrologik xizmatlar sifatini oshirishga va jarayonlar shaffofligini ta’minlashga qaratilgan me’yorlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator takliflar berildi.

 

Muhokama yakunida ishchi guruhi tomonidan ushbu taklif va mulohazalarni umumlashtirib, qonun loyihasida aks ettirishga kelishib olindi.