“O‘zstandart” agentligi Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi xodimlari hamda Navoiy shahar hokimligi bilan hamkorlikda eksportyor korxonalarda standartlashtirish, sertifikatlashtirish va karantin sohalarida qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar hamda bu boradagi yangiliklarni ishlab chiqaruvchilarga yetkazish yuzasidan seminar tashkil etildi.

 

Uchrashuvda eksportyor korxona rahbarlariga mahsulotlarning sifatini oshirish hamda jahon bozorlariga olib chiqishda standartlashtirish, sertifikatlashtirishga oid zarur ma’lumotlar berildi.