Avval xabar berganimizdek, “O‘zstandart” agentligiga janob Ye Chen rahbarligidagi Xitoy Xalq Respublikasining Nanking viloyati hokimligi xuzuridagi mahsulot sifati nazorati departamenti, Nanking qozonlar va katta bosimdagi silindrlar inspeksiyasi instituti delegatsiyasi a’zolari tashrif buyurdi.
Olib borilgan muzokaralar natijasida, Xitoy Xalq Respublikasining Nanking viloyati hokimligi xuzuridagi mahsulot sifati nazorati departamenti, Nanking qozonlar va katta bosimdagi silindrlar inspeksiyasi instituti "Bir makon – bir yo‘l" loyihasida Agentlik 10 nafar xodimlariga 50 foizlik grant ajratdi.
Bundan ko‘zlangan maqsad, Agentlik xodimlarining Xitoyda bo‘lib, soha yuzasidan ta’lim olishi va o‘zaro tajriba almashishdir.