“O‘zstandart” agentligi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan profilaktika tadbirlari davomida Navoiy shahri savdo nuqtalaridan olingan Qiziltepa tumanida joylashgan “Jonpo‘lat Javohir Kelajagi” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Bio Kefir” mahsuloti yorlig‘ida ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmaganligi va boshqa mahsulotga tegishli standart belgisi qo‘yilganligi shuningdek, ushbu mahsulotni laboratoriyada sinovdan o‘tkazilganda sifat kursatgichlari OZ DST 1086:2011 TSh talablariga javob bermasligi ma’lum bo‘lgan edi.

Shundan so‘ng, ishlab chiqaruvchiga Agentlikning hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilib mahsulotning ishlab chiqarishga oid me’yoriy hujjatlari (standart) hamda “Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglamentlar bilan ta’minlandi.

Tadbirkor tomonidan mavjud kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng, ishlab chiqarilgan “Bio Kefir” mahsuloti Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazining sinov laboratoriyasida qayta sinovdan o‘tkazilganda sifat ko‘rsatgichlari standart talablariga mos kelishi ma’lum bo‘ldi.