Xitoy Xalk Respublikasining Changjou shahrida “Bir makon – bir yo‘l ” loyihasi doirasida “Rivojlanayotgan davlatlarda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish” mavzusidagi o‘tkazilayotgan seminarda dunyoning 8 ta mamlakatidan vakillar, shu jumladan “O‘zstandart” agentligi vakillari ham xalqaro seminarda ishtirok etmoqdalar.
Seminarda “Xitoy standartlashtirish tizimi”, “Eksport import tizimida oziq-ovqat mahsulotlarining nazorati”, “Osiyo qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini stadartlashtirish tizimi”, “Go‘sht va go‘sht mahsulotlari standartlashtirish tizimi”, “Xitoyda hayvon salomatligi standartlashtirish tizimini yuritish va laboratoriya tahlil uslublari”, “Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlanishi va ularning xavfsizlik tamoyillari” kabi mavzularda o‘zaro tajriba almashmoqda.