Avval xabar berganimizdek, uchrashuvlar davomida Turkiya akkreditatsiya tashkiloti Bosh sekretari Orbay Evrensevdi hamda Turk metrologiya instituti Bosh sekretari o‘rinbosari professor Ramiz Xamidlar bilan ham soha doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida akkreditatsiya bo‘yicha va bu yo‘nalishda xodimlar malakasini oshirish, massa, bosim va harorat yo‘nalishlari bo‘yicha laboratoriyalarini TurkAK tomonidan joriy yilning oxirigacha akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda ikki davlat metrologiya institutlarining hamkorlik doirasida xalqaro darajaga chiqish kabi masalalari muhokama qilindi.