Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Turk standartlari instituti hamda Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va savdo nazorati agentligi (“Tojikstandart”) tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan Standartlashtirish bo‘yicha mintaqalararo uyushmasi Bosh assambleyasining navbatdagi 28-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligi vakillari ham to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etdilar.
Xalqaro anjuman qatnashchilari tomonidan “Boshqaruv tizimlari integratsiyasi” mavzusiga doir chiqishlar qilindi va standartlashtirish bo‘yicha mintaqalararo uyushmasining uzoq muddatli ish rejasi muhokamada bo‘ldi hamda yangilangan Nizomi tasdiqlandi.