“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Departament xodimlari Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida bo‘lib, bir qator ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlar bilan uchrashdilar.

 

Jumladan, Farg‘onadagi “Oybek metan gaz servis”, “Shaffof metal sanoat” , Andijon viloyatidagi “Zamin bio health”, “Plast servis and”, “Toshkent premium”, “Mashinostroitel Andijan”, “Kommunar 2003”, “Trans mash holdings“, va Namangandagi “Panda sanoat savdo“, “Nafis Tex group“,“Rouston mebel“ korxonalarida bo‘lib, mas’ullar va mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Unda Departament mas’ullari sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli, 23 apreldagi PQ-4297-sonli, 23 maydagi PQ-4335-sonli qarorlarining mazmun va mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berdilar.

Shundan so‘ng, korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, ularni qiynayotgan muammolar tahliliy o‘rganilib, yechimi yuzasidan taklif va tavsiyalar berdilar.