“O’standart” agentligi Bosh direktori D.Sattarov Turk standartlari instituti prezidenti professor Аdem Shaxin bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda “O’zbek Turk Test markazi” yengil sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyasiga investitsiya jalb qilish uchun Turk standartlari instituti qoshidagi IKАS (Sinov va sertifikatlashtirish markazi) mablag’ini qo’shma korxona Nizom jamg’armasiga ulush sifatida kiritish taklifi berildi.

Shuningdek, “O’zbek Turk Test markazi”ning yengil sanoat mahsulotlarining sinovlarini o’tkazish laboratoriyasini modernizatsiya qilish uchun mutuxassislarning o’zaro tajriba almashinuvi hamda “CE” yorlig’i (abbreviatura fr. Conformité Européenne – “evropeyskoe sootvetstvie”) mahsulotlarga Yevropa Ittifoqi standartlariga muvofiqligini tasdiqlovchi maxsus belgi bilan yorliqlash uchun sohalar bo’yicha yo’l xaritasini tayyorlashga kelishildi.

Shuni ta'kidlash lozimki, hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bunday uchrashuvlar kelgusida sohalar taraqqiyotiga xizmat qiladi.