O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2018 yildagi PQ-4059-sonli "Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorini bajarish maqsadida tegishli idoralar tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglament loyihalari muhokamaga taqdim etilyapti.
Umumiy texnik reglament loyihalari:
- Mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risida – “O’zkimyosanoat" DAK tomonidan ishlab chiqilgan
- Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligi to‘g‘risida- "O’zbekoziqovkat-xolding" xolding kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan
- Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida - "O’zbekoziqovkat" xolding kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan
Maxsus texnik reglament loyihalari:
- Yangi uzilgan meva va sabzavotlar xavfsizligi to‘g‘risida - Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan
Loyihalar bo‘yicha fikrlar va takliflar 2019 yil 30 iyulgacha "O’zstandart" Agentligining texnik jixatdan tartibga solish boshqarmasiga, ilova qilinayotgan shaklda yuborilishi mumkin.
Mas’ul shaxslar: S.Saidvaliev, A.Akbarov
Aloqa tel: (71) 202-00-11 qo‘shimcha (1024) (1022) (1037)
e-mail: tr@standart.uz; tr1@standart.uz