Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetida bitiruvchi talabalari va O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hodimlari ishtirokida ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda har ikki tomon manfaatlaridan kelib chiqqan holda ta’lim va ishlab chiqarish, ilmiy-amaliy seminarlarni tashkil etish va bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash masalalari muhokama etildi.
Shundan so‘ng, universitet talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Bu kabi uchrashuvlar yangi o‘quv yilida ham yanada kattaroq auditoriyada amalga oshirilishi kerakligi, iqtidorli va bilimli talabalarni rag‘batlantirish, ularni ilmiy loyihalarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalarini o‘rganib taklif kiritish aytib o‘tildi