O‘zbekiston milliy metrologiya inistituti mas’ullari “GM POWERTRAIN UZBEKISTAN” AJ o‘rtasida manfaatli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda hamkorlikda ishlab chiqarish sifatini oshirish, Yevropa talablariga javob beradigan sinov laboratoriyalarni tashkil etish hamda laboratoriyalardagi o‘lchov vositalarni metrologik tavsiflari haqida fikr almashildi.

Shuningdek, suhbat davomida O‘zbekiston milliy metrologiya inistituti tomonidan bajariladigan qiyoslash ishlarining sifatini ya’nada yaxshilash foydalanilayotgan me’yoriy hujjatlar bazasini takomillashtirish, sinov laboratoriyalaridagi zamonaviy sinov uskunalari va o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash uchun mutaxasislar malakasini zamon talablari darajasiga chiqarish kabi sohaga oid masalalar muhokama etildi.

«GM POWERTRAIN UZBEKISTAN» korxonasi rahbariyati Sinov laboratoriyalaridagi yuqori aniqlikdagi namunaviy sinov va o‘lchash vositalaridan hamkorlikda foydalanish hamda kadrlar malakasini xorijiy mamlakatlarning rivojlangan milliy metrologiya institutlarida kalibrlash yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish takliflarini bildirdi.