AQSh Savdo Vazirligi qoshidagi Tijorat Huquqlarini Rivojlantirish Dasturining Xalqaro Advokatlar maslahatchisi Maykl Kofild boshchiligida AQShning ASTM International tashkiloti delegatsiyasi Agentlikda bo‘ldi.

Manfaatli uchrashuvda O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida standartlashtirish sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari, joriy yilning aprel oyida “O‘zstandart” agentligi va AQShning ASTM International tashkilot o‘rtasida ikki tomonlama bitim imzolangani va ushbu hamkorlik respublikamizdagi korxonalarga ASTM International tashkilotining 13000 dan ziyod standartlarini bepul olish va texnik qo‘mitalarda qatnashish imkonini berishiga alohida e’tibor qaratildi.

Davra suhbatida standartlar savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish va xalqaro standartlarga mos keladigan sifat infratuzilmasini yaratish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida salohiyatini va mahalliy mahsulotlar sifatini oshirish hamda innovatsiyalarni joriy etish uchun keng imkoniyatlarni yaratilishi qayd etildi.