Joriy yilning 5 avgust kuni “O‘zstandart” agentligi bosh binosining katta majlislar zalida “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining barcha mutaxassis hodimlari uchun kengaytirilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktri J.N.Shukurov boshchiligida o‘tgan ushbu seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 18 martda 1465-2-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 1 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi hududiga sertifikatlanishi majburiy bo‘lgan tovarlar (mahsulotlar)ni olib kirish tartibi to‘grisidagi Yo‘riqnoma, shuningdek, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016 yil 1 iyuldan 901-5– son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qarori (Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 1 iyulda 1458-2-son bilan ro‘yxatga olingan “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari”ning mazmun mohiyati chuqur o‘rganilib yoritib berildi.
Seminar ishtirokchilari orasida “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining yetakchi mutaxassis hodimlari S.Matkarimov, X.Aripov va Sh.Himmatqulovlar yoritilgan mavzular bo‘yicha tushunchalar berib o‘tishdi. O‘quv seminarga tashrif buyurgan tinglovchilar o‘zlarining barcha qiziqtirgan savollari bo‘yicha yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.