Standartlar instituti mas’ullari tomonidan Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan “Zarkent Universal” fermer xo‘jaligining tashkiliy, hududiy va moliyaviy sharoitlari GLOBAL G.A.P. standartini talablariga muvofiqligi va joriy qilishning ushbu tashkilotga foydali tomonlarini o‘rganish ishlari boshlandi.

Tashkil etilgan jarayondan asosiy maqsad, dunyo bozoriga O‘zbekiston mevalarini GLOBAL G.A.P. standarti talablariga muvofiq ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganishdan iboratdir.