“O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan “GLOBAL G.A.P.” xalqaro standarti asosida “UZ G.A.P.” milliy standartini ishlab chiqish bo‘yicha II Milliy texnik ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobotlar tinglandi, jumladan “UZ G.A.P.” loyihasini xalqaro talablar bilan muvofiqlashtirish va uni ishlab chiqish tartiblari hamda qo‘llanish doiralari ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, davra suhbatida “GLOBAL G.A.P.” xalqaro standartining asosiy talablari va uning afzalliklari to‘g‘risida taqdimotlar namoyish etildi. Taqdimotlar asosida esa “UZ G.A.P.” standartini amaliyotga tadbiq qilish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi va eksport qiluvchilarga mazkur standartni sertifikatlashtirish jarayonlarida belgilangan me’yorlarga amal qilinishi kabi sohaning muhim masalalari atroflicha muhokama qilindi.